Jahon | 18:32 / 01.08.2018
6914
1 daqiqa o‘qiladi

«GTA to‘dasi»ning ikki a'zosi Tojikistonda sud qilinadi

Foto: TV Tsentr

«GTA to‘dasi»ning ikki a'zosiga nisbatan jinoiy ish materiallari Tojikistonga jo‘natiladi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tergov qo‘mitasi to‘daning yashiringan va xalqaro qidiruvga berilgan besh nafar a'zosiga nisbatan tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Uning ta'kidlanishicha, ularning ikki nafari qo‘lga olingan va Tojikistonda hibsda saqlanmoqda, u yerga Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy ta'qib qilishni amalga oshirish maqsadida ish materiallari yuboriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid