Jahon | 17:20 / 01.08.2018
5406
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShning yangi savdo cheklovlariga javob qaytarishga tayyor

Foto: REUTERS / Jason Lee/File Photo

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning ma'lum qilishicha, Xitoy AQSh XXR tovarlariga bojxona to‘lovlarini oshirib boradigan bo‘lsa, XXR kerakli qarshi choralarni ko‘radi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Xitoyning pozitsiyasi aniq va o‘zgarishsiz bo‘lib qoladi: AQShning Xitoyga nisbatan shantaj va bosimi hech qachon ish bermaydi», - deya aytib o‘tdi Shuan.

Uning ta'kidlashicha, Xitoy o‘z qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga tayyor turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ma'muriyati Xitoy tovarlariga bojlarni kuchaytirish haqida o‘ylayotgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid