Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston umumiy sayyohlik yo‘nalishini tashkil qiladi
Turkiston viloyatining turoperatorlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan xalqaro ko‘rgazmalarda bir stendda ishtirok etish, Turkiston-Toshkent-Turkiston avtobus turistik yo‘nalishi ochilishi haqida kelishib oldi. Ushbu kelishuvga Toshkentdagi «WorkShop - Ipak yo‘li bo‘ylab turizm» tadbiri doirasida erishildi, deya yozadi Kapital.kz.
Shuningdek, «WorkShop - Ipak yo‘li bo‘ylab turizm»da Qozog‘iston va O‘zbekiston sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, yangi va zamonaviy sayyohlik yo‘nalishlari, shu jumladan, Ipak yo‘li bo‘ylab ekskursiyalarni birgalikda rivojlantirish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida turizm sohasidagi B2B-uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Hamkorlar O‘zbekiston va Qozog‘istonning sayyohlik markazlari hamda imkoniyatlarini qamrab olgan yangi sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026