Light | 02:16 / 02.08.2018
32238
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng g‘alati chegaraga ega ikki davlat bo‘ylab videosayoxat

Dunyoda ikki davlat o‘rtasida joylashgan ko‘plab shaharlar bor. Ular daryolar, ko‘priklar yoki beton devorlar bilan ajratilgan. Biroq Gollandiya-Belgiya chegarasidagi Barle shahri – juda o‘zgacha joy.

Shaharning Belgiyadagi qismi - Barle-Xertog munitsipaliteti – Gollandiya ichidagi anklav, Belgiya chegarasidan 5 kilometrda joylashgan. Uning hududida esa «ikkinchi tartibdagi» Gollandiya anklavlari joylashgan. Shaharning Gollandiya qismi Barle-Nassau degan nomga ega.

Gollandiya-Belgiya chegarasi bu yerda shunchalik qiziq shaklga egaki, u hech qanday daryolar yoki tabiiy to‘siqlarga qaramaydi, biroq har doim ham ko‘chalar bo‘ylab o‘tmaydi: uylarni turli qismlarga ajratadi, ko‘cha o‘rtasi, bog‘lar yoki uyning ichida keskin burilishlar qiladi.

Mana uy, bu yerda chap tomondagi kirish qismi – Gollandiyada, o‘ng tomondagisi – Belgiyada. Qaysi pod'yezda qaysi mamlakatda ekanini tushunish uchun, raqamlar turli rangga ega: qizil-oq-ko‘k – Gollandiyada va qora-sariq-qizil – Belgiyada.

Foto: 2f.ru


 

Bu yerda Belgiya va Gollandiya o‘rtasidagi chegara juda murakkab: Belgiya hududi 22ta alohida qismlardan iborat, ularning ichida 7ta Gollandiya anklavi bor. 

Biroq bu nafaqat 2 turli davlat, balki ikkita har xil munitsipalitet ham: Belgiya shahri Baarle-Hertog deb ataladi, Gollandiya - Baarle-Nassau.

Foto: 2f.ru

 Murakkab chegara 1200-1650 yillarda flamand feodallari o‘rtasidagi yer savdosi va qarama qarshiliklar tufayli yuzaga kelgan. 1648 yilda esa bu yerlar turli flamand davlatlari tarkibiga kirdi: mustaqil Shimoliy yerlar va Ispaniya istilosi ostidagi hozirgi Belgiya hududi. 1830 yildagi inqilob va 1843 yilda hozirgi Belgiya tashkil etilganidan so‘ng, chegara demarkatsiya qilindi.

Chegarani belgilash uchun ba'zi joylarda krestcha ko‘rinishidagi alohida belgilar bor

Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru


 Shaharda hammasi ikkitadan: ikkita meriya, ikkita politsiya. Bu yerda oltita uyali tarmoq bor (3ta Gollandiyaning va 3ta Belgiyaning). Hamda faqat turistik ofis bitta: u golland tilida so‘zlashuvchilarga mo‘ljallangan.

Foto: 2f.ru
Foto: 2f.ru

Chegara shahar markazida, turistlar ko‘p bo‘ladigan joylarda belgilab qo‘yilgan. Boshqa yerlarda esa qaysi davlat ekanni tushunish uchun GPS va Google maps, yoki pod'yezdagi raqamdan tushunish mumkin.

Mavzuga oid