Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida ham hokim almashdi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
1 avgust kuni xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zarnews Samarqand viloyati hokimligiga asosan xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ismoilov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
2016 yil noyabr oyidan buyon Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Pirmatboy Turanovich O‘sarov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Feruz Ne'matullayevich Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
18:31 / 26.11.2025