Jahon | 09:45 / 02.08.2018
4013
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp saylovoldi shtabi sobiq rahbarini Al Kapone bilan tenglashtirdi

Foto: globallookpress

Prezident Donald Trampning ma'lum qilishicha, odamlar uning saylovoldi shtabi sobiq rahbari Pol Manafortga gangster Al Kaponedan ham yomon munosabatda bo‘lishmoqda. Bu haqda u tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

«Tarixga bir nazar tashlaylik. Kimga yomonroq munosabatda bo‘lishgan? Jinoiy guruhning afsonaviy yetakchisi, qotil va «jamiyatning birinchi raqamli dushmani» Alfonse Kaponegami yoki Reygan hamda Doulning yoqimtoyi, siyosiy texnolog, hozir hech narsada aybdor deb topilgan bo‘lsa-da bir kishilik kamerada saqlanayotgan Pol Manafortgami?» - deb yozgan u.

Avvalroq, Donald Tramp tvitterdagi sahifasida saylovoldi shtabi sobiq rahbari Pol Manafortning ishi «ruslar aralashuvi» bo‘yicha surishtiruvlarga aloqador emasligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid