O‘zbekiston kardiojarrohligida qanday o‘zgarishlar yuz beryapti?
«Akfa MEDLINE» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida «O‘zbekiston kardiojarrohligida tarixiy o‘zgarishlar» mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, kardiojarrohlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan shifokorlar, klinika xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjuman ishtirokchilariga dastlab «Akfa MEDLINE» tibbiyot markazi va ushbu markazda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo‘llanilayotgan zamonaviy jarrohlik amaliyotlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Xususan, tibbiyot markazining yuqori malakali shifokorlari tomonidan qisqa vaqt ichida turli murakkablikdagi 600 ga yaqin jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi.
Shunindek, tibbiyot markazida ishlab turgan yurakda aortokoronar shunt o‘rnatish, Fallo tetradasini radikal korrektsiyasi, Bental de Bono, Aorta klapanini protez qilish va boshqa murakkab operatsiyalar ham o‘tkazilmoqda.
Tadbirda turli yoshdagi bemorlarning operatsiyagacha bo‘lgan ahvoli, zamonaviy uskunalarda qo‘yilgan tashxis va operatsiyadan keyingi holati ham tahlil qilindi.
- “Hamyurtlarimiz dardlariga shifo izlab, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun xorijiy mamlakatlarga borishmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz - rivojlangan davlatlarda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni yurtimizda o‘tkazish. Agar buning imkoni bo‘lmasa, xorijlik mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilib, tibbiyot markazimizda barcha sharoitlarni ta'minlab berishdan iborat. Shu bilan birga, xususiy tibbiyotda jahon tan oladigan yetuk mutaxassislarni kamol toptirish. Hozirgi kunda «Akfa MEDLINE» tibbiyot markaziga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlardan bemorlar tashrif buyurishmoqda. Bu orqali biz tibbiy turizm rivojiga ham o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz”, - deya ta'kidladi tibbiyot markazi rahbari Kamola Mirzaliyeva.
«Akfa MEDLINE» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Yurak jarrohlik bo‘limi boshlig‘i Qalandar Babajanovning Kun.uz sayti muxbiri bilan suxbatda ta'kidlashicha, tibbiyot markazida shu kunga qadar murakkab jarrohlik amaliyoti bilan 9 ta bemor davolandi. Ular orasida jajji bemorlar ham bor.
Anjumanda «Akfa MEDLINE» tibbiyot markazi bu kabi tadbirlarni tashkil qilish orqali respublikadagi shifokorlarning bilim darajasi va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishni maqsad qilgani aytib o‘tildi.
Reklama huquqi asosida