IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Bahodir U. va Ravşan Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, ular protsessual tartibda uşlangan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, Bahodir U. mazkur şifoxonada davolanayotgani, Ravşan Q. uni köriş maqsadida kelib, şifoxona içki tartib-qoidalariga köra mumkin bölmasa-da, bemor xonasiga kirişini talab qilib, qöriqçiga qarşilik körsatgani va bemor xonasiga kirgani, oradan bir soatdan söng Bahodir U. va Ravşan Q. taşqariga çiqib, qöriqçiga “qölingdan nima keldi”, deb mazax qilganliklari tufayli janjal kelib çiqqani aniqlandi.

Jinoyat kodeksi normalariga köra, bu turdagi jinoyatlar uçun 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi.