O‘zbekiston | 15:25 / 02.08.2018
5348
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Hospitality Contract dasturiga start berildi

O‘zbekistonda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va monitoring tizimlarini ko‘zda tutuvchi Hospitality Contract dasturini tatbiq etishga doir ishlar boshlandi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 16 avgustdagi "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 3217-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekistonning jahon miqyosidagi imidji va jozibadorligini oshirish, turistik infratuzilmalari obektlarida monitoring va xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish tizimlarini tatbiq qilish orqali turizmning tezkor rivojlanishi ta'minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Interactive System kompaniyasi bilan hamkorlikda Hospitality Contract dasturi loyihasini ishlab chiqish va tatbiq etishga doir ishlarga start berildi.

Hospitality Contract dasturini amalga oshirish loyihasi 2018 yilning 1 sentabriga rejalashtirilgan bo‘lib, kelgusida doimiy asosda amal qiladi.

Hospitality Contract dasturini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad - mijozlarning turistik obektlar (aeroportlar, mehmonxonalar, otellar, mehmon uylari)dan qoniqish darajasini oshirish; mazkur obektlarda xavfsizlikni ta'minlash, personal kompetentligini oshirish va tezkor munosabat bildiruvchi samarali kanalni yaratish.

Mijozlar munosabatini aks ettiruvchi Click Smile standart terminallari to‘rt smaylli tugmadan iborat bo‘lib, O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar ular yordamida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatidan rozi yoki norozi ekanliklarini ko‘rsatishlari mumkin. Terminallar odamlarga to‘rt xil hissiyotni ifodalovchi smayldan birini bosishni taklif qiladi: "juda mamnunman" (tabassumli yashil tugma), "qoniqdim" (me'yoriy tabassumli och yashil tugma), "ko‘proq noroziman" (ma'yus smaylli pushti tugma) va "mutlaqo noroziman" (g‘azablangan smaylli qizil tugma).

Qo‘mitadan ma'lum qilinishicha, Hospitality Contract dasturi xorijiy sayyohlar va mamlakat aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlarda tatbiq etiladi - aeroportlar, temir yo‘llar, avtovokzallar, banklar, Retail tarmoqlari, muzeylar, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish joylari va h.k.

HospitalityContract tizimtning asosiy funksiyalari:

  • personalning xizmat sifatini baholash;
  • mijozlarning xizmatlardan qoniqish monitoringi;
  • personalni boshqarish;
  • mahsulot reklamasi;
  • marketing va ijtimoiy so‘rovnomalarni ta'minlash;
  • bonus dasturlar;
  • munosabat va shikoyatlar kitobi;
  • personalni o‘qitish va attestatsiya qilish;
  • belgilangan sharoitlarda rahbariyatni avtomatik ravishda xabardor qilish;
  • statistik hisobot.

Hospitality Contract dasturining amalga oshirilishi turistik infratuzilmalar obektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlariga esa mijozlar fikriga tezkor munosabat bildirish va shu tariqa kompaniya nufuzini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, bu dastur kelgusida O‘zbekistonning turistik brendlari ommalashuviga turtki beruvchi Uzbekistan Tourism Industry Awards mukofotida ishtirok etish imkonini taqdim etadi. Keyinchalik TripAdvisor va Booking.com tizimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid