Aeroportda nima qilish mumkin emas: bortprovodnikning maslahatlari
Bortprovodnik Elliott Xester (Elliott Hester) xulq-atvorning barchaga ma'lum, biroq juda ko‘p buziladigan qoidalari haqida so‘zlab berdi.
Bomba va teraktlar haqida hazillashish
Yoningizda bomba borligini aytish kulgili, shunday emasmi? Sizga qaragan har qanday odam teraktlar bilan shug‘ullanishingizga baribir ishonmaydi. Shunday ekan, nima uchun hazillashib bo‘lmaydi. Bunday fikrlash va hazil qilish yaramaydi.
Xester yaqinda Los-Anjyeles aeroportida sodir bo‘lgan hodisani aytib berdi. Yo‘lovchilardan biri xodimning standart savoli – yoningizda aerozol, o‘tkir buyumlar va portlovchi moddalar mavjud yoki yo‘qligiga “ha” deb javob berdi. Keyin u hamrohi tomonga burilib, bombani solganini so‘radi. Hazilkash yo‘lovchi hibsga olinib, “Tayyorlanayotgan portlash haqida yolg‘on xabar” moddasi bilan ayblandi.
Keyinchalik bu odamdan mazkur ayblov olib tashlangan bo‘lsa-da, undan namuna olish va aeroportda bomba haqida hazil qilish yaramaydi. Xesterning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar mana shunga o‘xshash har qanday xabar haqida ma'lum qilishga majburlar, hatto u hazil ekani tushunarli bo‘lsa ham.
Savollarga javob berishdan bosh tortish
Albatta, samolyot bortidagi turli rasmiyatchiliklar odamning jig‘iga tegadi. Avariya yuz berganida suriladigan stolning holati nimanidir o‘zgartirishi dargumon.
Biroq provodniklar uchish va qo‘nishda ular yig‘ib qo‘yilishini nazorat qilishga majburlar. Ammo nima uchundir hamma ham bu qoidaga rioya etishga tayyor emas.
Xester xodimlarning uchish oldidan stolchani yig‘ib qo‘yish iltimosiga sukut bilan javob qilgan yo‘lovchiga duch kelgan. U katta bortprovodnikning barcha savollarini eshitib, eshitmaslikka olgan. Samolyotni aeroport binosiga qaytarishga to‘g‘ri kelgan. Qo‘riqchilar qaysar yo‘lovchini tashqariga olib chiqishdi, faqat shundagina u “tilga kirgan”.
Albatta, ba'zida odam umuman gapirgisi kelmaydi. Biroq nima bo‘lganda ham bortprovodnik sabrini sinashga harakat qilmang.
Bortga taqiqlangan buyumlarni olib kirishga harakat qilish
Uzoq navbat kutishlar va tintuv vaqtni bekorga sarf qilish bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin ular o‘rinli, chunki juda ko‘p odamlar nazorat punkti orqali ta'qiqlangan buyumlarni olib o‘tishga harakat qilishadi.
AQSh transport xavfsizligi ma'muriyati xodimi Jyeyson Poket (Jason Pockett)ningso‘zlariga qaraganda, ishidagi eng g‘alati narsa – odamlar turli yo‘llar bilan buni amalga oshirishga intilishlarini kuzatishdir. Ko‘pincha yomon niyatni ko‘zlamagan holda. Masalan, batareykalarni oziq-ovqat konteyneriga skotch bilan yopishtiradilar. Buyumlarni kir kiyimlar orasiga yashirishadi. Maqsad – xodimlarga sumkani tekshirish yoqimsiz bo‘lishi uchun. Agar shunday holatlar sodir etilishiga ishonmasangiz, Transport xavfsizligi ma'muriyati Instagram’iga kirib ko‘rishingiz mumkin.
Spirtli ichimlik ichish (va mast holda ekaningizni tan olish)
Ba'zilarga alkogol uchishni asabiy holatda bo‘lmasdan o‘tkazishga yordam beradi. Biroq ichishni bilmasangiz, uyda qoling. Bortda alkogol ichimliklar sotilishiga qaramay, agar mastligingiz kundek ravshan bo‘lsa, sizni qo‘nishga qo‘yishmaydi. Ko‘p ichmang yoki hech bo‘lmaganda, bortga chiqquncha ichmang.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
12:10 / 10.10.2024