Ma’lum qilinişiça, zamonaviy radiolokatsiya va kuzatuv texnologiyalari bilan bir qatorda, aeroport hududida biologik usul — ovçi loçinlardan foydalaniş amaliyoti ham yölga qöyilgan. Ularning asosiy vazifasi samolyotlar uçişi va qönişi vaqtida xavf tuğdirişi mumkin bölgan boşqa quşlarni aerodrom hududidan haydaşdan iborat.

Xususan, qarğalar, kabutarlar, maynalar va çuğurçuqlar kabi quşlar samolyot dvigatellariga kirib ketişi yoki parvoz trayektoriyasiga tuşişi orqali jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Loçinlar esa tabiiy instinkti va tezkorligi orqali uşbu quşlarni aeroport hududidan uzoqlaştirib, parvozlar xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qiladi.

Qayd etilişiça, hozirda Toşkent xalqaro aeroportida 4 ta şunday “qanotli xodim” muntazam ravişda xizmat olib bormoqda. Ular maxsus mutaxassislar nazoratida parvariş qilinadi va belgilangan reja asosida aerodrom hududida navbatçilik qiladi.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bunday biologik usul quşlar xavfini kamaytirişda samarali va ekologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi.