Iqtisodiyot | 20:19 / 03.08.2018
11372
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ipoteka-bank: Baliqchilik sohasida Xitoy bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan “Ipoteka-sarmoyasi” MChJ qoshida baliqchilik sohasida ilmiy ishlarni amalga oshirish va baliqchilik xo‘jaliklariga ilmiy ishlanmalar bilan xizmat ko‘rsatadigan “Baliqchilik ilmiy markazi” tashkil etildi.

Markaz tomonidan baliqchilik sohasiga ilg‘or intensiv texnologiyalarni, baliqlarni oziqlantirishni samarali usullarini joriy etish, yangi baliq turlarini O‘zbekiston iqlimiga moslashtirish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Tadqiqotlarda ijobiy natijalarga erishish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, baliqchiligi rivojlangan davlatlarning yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ijobiy natijalarga erishishning asosiy mezoni hisoblanadi.

Foto: Ipoteka-bank

Hozirgi kunda jahonda Xitoy davlati baliqchilik va akvakultura sohasida eng yetakchi davlat hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda “Baliqchilik ilmiy markazi” tomonidan Xarbin shahridagi Xeyluntszyan daryosi baliqchiligi ilmiy tadqiqot instituti va Usi shahridagi Chjetszyan provinsiyasida joylashgan Chuchuksuv baliqchiligi ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum shartnomasini imzolashga erishildi.

Foto: Ipoteka-bank

Memorandumga ko‘ra, O‘zbekistonda baliqchilikni ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida Xitoylik yetakchi olim va mutaxassislarni jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, Ipoteka-bank qoshida tashkil etilgan Baliqchilik ilmiy markazi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasinining baliqchilik sohasidagi ilmiy izlanishlarni olib boruvchi ikkita yirik institutlari bilan kelishuvga erishildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid