Toşkentda Xalqaro moliya institutlari vakillari, dunyoning taniqli kompaniya va taşkilotlari rahbarlari iştirokida Özbekiston iqtisodiy forumi bölib ötmoqda. Tadbirda sözga çiqqan boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov mamlakatdagi xususiylaştiriş jarayonlariga töxtalib ötdi.
“Oxirgi 4-5 yilda taşqi qarz miqdori haqiqatan ham oşdi. Ammo 2021 yildagi raqamlarga e'tibor qaratilsa, bu körsatkiç asta-sekin barqarorlaşayotganini körişimiz mumkin. Bundan keyingi davrda xususiylaştiriş va xususiy investitsiyalarga e'tibor qaratamiz. Yaqin muddatda Navoiy kon metallurgiya kombinatida ham katta xususiylaştiriş işlari olib boriladi.
Şuningdek, bizga 10dan ortiq davlat banklari kerak emas, ularni asta-sekin xususiylaştirişimiz kerak. Ipoteka bankning 75 foiz uluşi Vengriyaning OTP Bank’iga sotiladi va kun davomida şartnomaning dastlabki bandlarini ham imzolaymiz.
Bundan taşqari, elektr energiya işlab çiqariş uçun möljallangan GESlarda ham xususiylaştiriş işlari tezlaştiriladi. 2023 yilga borib, 10ta yirik kompaniya, 2025 yilga borib esa 20ta kompaniyada IPO (ommaviy sotuvga çiqariş) ötkazilişi reja qilinmoqda”, – deya Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Forumning ikkinçi kunida bir qator kelişuv va memorandumlar imzolanişi kutilmoqda. Yopiliş marosimida ikki kunlik muhokamalar natijasida xalqaro va milliy ekspertlarning kelgusi iqtisodiy islohotlar böyiça fikrlari umumlaştiriladi.

















