Vengriyaning eng yirik banklaridan biri — OTP Bank oktyabr oyida Özbekistondagi «Ipoteka bank»ni sotib oliş böyiça jarayonni qayta boşladi. Bu haqda Vengriya bankining moliyaviy direktori Laslo Bençik ma’lum qildi. 

«Fikrimizça, kelişuv amalga oşişi uçun yaxşi imkoniyat bor va biz haqiqatan ham (loyihani amalga oşirişdan) manfaatdormiz. Xususan, bu «Ipoteka bank»da juda jozibali investitsiya imkoniyatini ta’minlaydi», deydi u. 

Bank moliyaviy direktori uruş boşlanganidan beri «Ipoteka bank» jozibadorligi oşganini qöşimça qilgan. Yil boşidan beri «Ipoteka bank» 750 mlrd sömga yaqin sof foyda olgan. 

2021 yilda Vengriyaning OTP Bank banki «Ipoteka bank»ning 75 foiz uluşini sotib olişi ma’lum bölgandi. Bu haqda Özbekiston birinçi iqtisodiy forumida boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov aytib ötgandi.

Şundan söng 2022 yilning aprel oyida Vengriya banki Ukraina-Rossiya uruşi sababli OTP Bank «Ipoteka bank»ning xususiylaştiriş böyiça tölovlarini bir neça oyga ortga suriş uçun murojaat qildi.

Ma’lum bölişiça, Rossiyaning Ukrainaga bosqini sabab OTP Bank 30 foiz zarar körgan.

Şu sabab ipoteka tölovlarini biroz muddatga keçiktirişni söragan, ammo tölov şartlari özgarişi haqida ma’lumot berilmagandi.