AQSh Osiyodagi xavfsizlikni mustahkamlash uchun katta pul ajratmoqchi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Vashington Hind-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash uchun taxminan 300 million dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bunday qaror mintaqada mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan siyosat doirasida qabul qilindi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu mablag‘lar Hind-Tinch okeani mintaqasida dengiz xavfsizligini ta'minlashda «ustuvor maqsadga» erishishda yordam beradi.
Pompeoning ta'kidlashicha, bu transmilliy tahdidlarga qarshi kurashda samarali yordam ko‘rsatadi.
Avvalroq, AQSh Mudofaa vazirligi Ukraina hukumatiga mudofaa uchun 200 million dollar ajratilishini ma'lum qilgani xabar berilgandi.
Ta'kidlanishicha, mablag‘lar Ukrainaning qo‘mondonlik tizimi, ogohlantirish tizimlari va harbiy-tibbiy maqsadlarini kuchaytirishga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Xelen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq inson halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55 / 28.09.2024