Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar Lexus mashinasiga yashirilgan “Fetter” patronlarini aniqlashdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga Lexus Lx570 rusumli avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan R. ismli shaxsga tegishli avtoulov xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtoulovining salon qismidagi xo‘jalik sumkasida, og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan, jami 32 dona, 12 kalibr 70 mm. bo‘lgan “Fetter” nomli ov patronlari mamlakatimizga yashirincha olib kirilayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holat bo‘yicha JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, respublika bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025