Tadbir davomida Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan şaxsga tegişli “Oniks” rusumli avtotransport vositasi közdan keçirildi. Natijada avtomaşina yukxonasidan 500 dona 5,6 mm kalibrli, otiş uçun yaroqli patronlar aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu şaxsning yaşaş xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar aşyoviy dalil sifatida olindi. Qayd etilişiça, jami 1100 dona patron musodara qilingan.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatma: tegişli litsenziya yoki ruxsatnomasi bölmagan öqotar qurol, uning asosiy qismlari va öq-dorilarni ixtiyoriy ravişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirgan fuqarolar qonunçilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilişi mumkin.