Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlar haq-huquqlarini himoya qilishni kuchaytiradi
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani, Poloson qishlog‘ida yuz bergan voqea yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tezkor o‘rganish ishlarini olib bordi.
2018 yilning 3 avgust kuni soat 16:30da Poloson qishlog‘i, Mozortagi ko‘chasi, 50-uyda istiqomat qiluvchi, 1949 yilda tug‘ilgan Mirzajalil Hakimovning behush yotganligi to‘g‘risida qarindoshlari tomonidan tuman markaziy tez tibbiy yordamiga murojaat kelib tushgan. Chaqiruv markaziy tez tibbiy yordami bo‘limi orqali qabul qilinib, soat 16:31da 89-qishloq oilaviy poliklinikasiga uzatilgan. Tez tibbiy yordami xodimlari, ya'ni shoxobchaning navbatchi vrachi Shuhratbek Sirojiddinov va hamshira Umidaxon Husanovalar shu zahoti, soat 16:32da chaqiruvga chiqib ketishgan. Xonadonga tez tibbiy yordami brigadasi soat 16:36, ya'ni 4 daqiqa ichida (O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 19 fevraldagi 105-sonli buyrug‘ida tez tibbiy yordami brigadasi chaqiruvga 25 daqiqa ichida yetib borishi belgilangan) yetib borishgan.
Navbatchi vrach tez tibbiy yordami mashinasidan tushib bemorni ko‘rish uchun shoshib kirib ketayotgan paytida bemorning nabirasi shifokorni haqorat qilib, besabab do‘pposlagan. Vrach Sh. Sirojiddinov bosh va qulog‘i aralash bexosdan tushgan kuchli zarbadan og‘ir miya jarohati olishi hisobiga hushidan ketib yiqilgan. Shunday vaziyatda ham o‘z xizmat vazifasini unutmagan hamshira Umidaxon Husanova bemorni kirib ko‘rganida u allaqachon vafot etganligi, hatto bemorning qarindoshlariga xabar berilib ular yetib kelishganining shohidi bo‘lgan.
Vrach Shuhratbek Sirojiddinov ham birozdan so‘ng hushiga kelgach, o‘rnidan turib bemorni ko‘rgani kirganida 70 yoshga kirgan Mirzajalil Hakimovning bir necha daqiqa avval vafot etganligi, murda allaqachon sovib bo‘lganligi va hatto qarindoshlari murdaning iyagini ham bog‘lab qo‘yganligini ko‘rgan. Vrach Shuhratbek Sirojiddinov o‘rnidan turayotganida olgan og‘ir jarohati hisobiga yana hushidan ketib yiqiladi va tez tibbiy yordami mashinasida Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordami bo‘limiga “Og‘ir kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, chap quloq suprasi atrofi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap quloq pardasining yirtilishi” tashxisi bilan og‘ir ahvolda yotqiziladi. Bemorga viloyat markazidan yuqori malakali, oliy toifali shifokorlar: reanimatolog Natalya Kitayeva, neyroxirurg Baxtiyorjon O‘rinov va otorinolaringolog Shuhrat Turg‘unboyevlar yuborilib, konsilium o‘tkazildi. Konsilium xulosasiga binoan bemorning ahvoli og‘ir baholanib, davo muolajalarini davom ettirilishi tavsiya etildi.
Shu o‘rinda qayd etish lozimki, shifokorlar minglab xonadonlarga borib, beminnat ko‘rsatgan xizmatlari uchun xalqning hurmatini qozonib kelgan. Lekin ba'zi bir yuqoridagi kabi malakali shifokorlarning do‘pposlanishi va haqoratlanishi tibbiyot xodimlarining himoyasiz ekanligidan dalolat bermoqda. Bunday holatlar oxirgi paytda tez-tez uchrayotgani tajribali shifokorlarning birlamchi tizimdan ketib qolishlariga sabab bo‘lmoqda. Shu bois ularning haq-huquqlarini himoya qilish, munosib rag‘batlantirishni kuchaytirish borasida hujjatlar ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan izchil sa'y-harakatlar olib borilmoqda.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilindi”, deyiladi SSV Matbuot xizmati KUN.UZ’ga bergan ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz: bugun, 4 avgust kuni mazkur voqea tafsilotlari tilga olingan “Yana chaqiruvga borgan tez tibbiy yordam vrachini kaltaklashdi: bunga nima sabab bo‘ldi?” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
21:46 / 12.12.2025
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi
17:57 / 13.11.2025
O‘zbekistonda aholining yagona elektron tibbiy kartasi yaratildi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024