Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bosh prokuraturasi xorijlik sayyohlar o‘ldirilishini terakt deb topdi
Foto: AP / Zuly Rahmatova
Tojikiston bosh prokuraturasi mamlakatda xorijlik sayyohlarga qilingan hujumni "terakt" deb topdi, deyiladi bosh prokuratura saytida berilgan bayonotda.
Avvalroq Tojikiston bosh prokuraturasi xorijlik sayyohlarga qilingan hujum borasida "terrorizm" va "qotillik" moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgandi.
"Tojikiston janubida xorijlik sayyohlarning o‘ldirilishi mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish, jamiyatda qo‘rquv uyg‘otish, xalqaro maydonda Tojikiston nufuziga zarba berish maqsadida amalga oshirilgan terrorchilik harakatidir" — deyiladi bayonotda.
Ma'lumot berilishicha, mazkur terrorchilik harakati Islom uyg‘onish partiyasi terrorchilik va ekstremistik tashkiloti a'zolari - Panj tumanida yashagan Husayn Abdusamadov, Asomidin Majidov, Zafar Safarov va Nurak shahrida yashagan Asliddin va Jafar Yusupovlar tomonidan sodir etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 29 iyul kuni Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida avtomobil bostirib borishi natijasida mamlakatda velosipedda sayr qilib yurgan to‘rt nafar xorijlik: ikki nafar AQSh hamda Niderlandiya va Shveytsariya fuqarolari halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
23:19 / 16.02.2026
Tojikistonda endi ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun hech kim jazolanmaydi
18:04 / 12.02.2026