O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi
2018 yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati o‘rtasida yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Mazkur Bitim 2017 yilning 5 dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Bitim tomonlarning ikki davlat hududi orqali yuklarni tranzit tashishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarni qisqartirish va mexanizmlarini belgilash bo‘yicha hamkorligi uchun huquqiy asos yaratadi.
Ushbu hujjat qoidalariga ko‘ra tomonlar bir-birlariga o‘z davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadilar hamda temir yo‘l orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradilar.
Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024