Jamiyat | 17:20 / 05.08.2018
16837
2 daqiqa o‘qiladi

Aliment to‘lashdan bosh tortgan shaxsga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi

2018 yil iyun oyida Toshkent shahar Yunusobod tuman ma'muriy sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sud fuqaro U. Usmanovga nisbatan ma'muriy ishni ko‘rib chiqdi. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyati, Chust tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan, U.Usmanov hisobidan undiruvchi F.Usmanova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta'minoti uchun 2017 yil aprel oyining 26 kunidan 2018 yil iyul oyining 1 kuniga qadar to‘lamaganligi yuzasidan majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sud U.Usmanovga O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474-moddasining 1-qismida (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo‘yin tovlash) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topdi va unga shu modda bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

U.Usmanovning hisobidan qamoqni har bir kuni uchun Qabul qilish muassasasi foydasiga eng kam ish haqining 15 foiz miqdorida xarajatlar undirilishi belgilandi.

Qarordan norozi tomon bir oy muddat ichida shikoyat berishi yoki protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.

Mavzuga oid