Majburiy ijro byurosining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, fuqarolik işlari böyiça Yakkasaroy tumanlararo sudining 2019 yildagi sud buyruği bilan qarzdordan undiruvçi foydasiga ikki nafar farzandi ta'minoti uçun uçdan bir qism miqdorida aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjati mavjud bölgan.

MIBning Yakkasaroy tuman bölimi xodimlari tomonidan mazkur ijro hujjati yuzasidan fuqaro bilan huquqiy tuşuntiriş işlari olib borilgan. 

Natijada, 2020 yil 12 dekabr kuni tomonlarning özaro kelişuvi asosida qarzdor ota tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi uçun 375 mln söm miqdoridagi uy-joy olib berilgan. 

Undiruvçi arizasi bilan uşbu ijro hujjatining iş yurituvi tamomlangan.