Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Baklashkalar yomg‘iri»ga uchragan «Neftchi» futbolchisi PFL tomonidan jazolandi
Superliga 20-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Navbahor» (2:1) o‘yinining 68-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov gol urganidan so‘ng, «Navbahor» klubi muxlislari o‘tirgan sektor oldida golni nishonlagan va noloyiq hatti-harakatlarni amalga oshirgan edi. Shundan so‘ng, futbolchi «Navbahor» muxlislari tomonidan uyushtirilgan «baklashka yomg‘iri» ostida qoldi.
Natijada, musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzgani uchun «Neftchi» futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov 2 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
«Navbahor» futbol klubi esa muxlislarining xulqi va madaniyati borasida tegishli tartibda ish olib bormagani uchun oxirgi marta ogohlantirildi. Agar bu holat yana bir bora takrorlansa, klub o‘z uy uchrashuvini muxlislarsiz bo‘sh stadionda o‘tkazishi ham mumkin.

Mavzuga oid
11:41 / 21.03.2026
Superliga. «Neftchi» yo‘qotishsiz bormoqda, «Buxoro» peshqadamni quvyapti
13:12 / 16.03.2026
«Paxtakor» superkubokdagi hakamlik yuzasidan shikoyat kiritdi
21:17 / 15.03.2026
“Neftchi” O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi
15:09 / 29.12.2025