Sport | 09:40 / 05.08.2018
11827
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» «Milan»ga ham yutqazdi

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Milan» «Barselona» ustidan g‘alabaga erishdi. AQShdagi Santa-Klare shahridagi «Levayz» stadionida kechgan uchrashuv italiyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.  

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar yakunida urildi. 93-daqiqada milanliklar hujumchisi Andre Silva aniq harakat qildi.

Shu tariqa, «Milan» turnirdagi ilk g‘alabasini nishonladi, jamoa 3 o‘yinda 4 ochkoni qo‘lga kiritdi. «Barselona» esa turnirni g‘alabasiz yakunladi. Birinchi o‘yinda katalonlar «Tottenhem Hotspur»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etishgandi, ammo reglament bo‘yicha bu g‘alaba jamoaga faqat bir ochko beradi. Keyingi o‘yinni Italiyaning boshqa bir klubi «Roma»ga qarshi o‘tkazgan Ernesto Valverde shogirdlari 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi.

International Champions Cup 
Milan Italiya – Barselona Ispaniya 1:0
 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Andre Silva.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Rodriges (Antonelli, 61), Kalabriya (Abate, 61), Musakko (Sapata, 79), Lokatelli (Mauri, 61), Chalxanoglu, Borini (Xalilovich, 62), Kessie, Suso (Bonaventura, 79), Kutrone (Andre Silva, 61).
Barselona – Sillessen (ter Stegen, 46), Langle, Marlon (Mingesa, 77), Miranda, Serdji Roberto, Artur, Rafinya (Abel Ruis, 77), Malkom, Nelson Semedu, Munir, Pako Alkaser (Puch, 46).
Ogohlantirishlar: Langle (49), Chalxanoglu (57), Kessie (66), Mauri (72).

Mavzuga oid