Sport | 10:40 / 23.03.2019
18183
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Chempionlar Kubogi 2019: «Real» bor, «Barselona» yo‘q

Foto: Getty Images

Xalqaro Chempionlar Kubogi tashkilotchisi 2019 yilgi musobaqada ishtirok etadigan klublar nomini e'lon qildi.

Yozda, mavsumlar oralig‘idagi tanaffusda o‘tkaziladigan turnirda «Milan» (Italiya), «Benfika» (Portugaliya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Bavariya» (Germaniya), «Arsenal» (Angliya), «Yuventus» (Italiya), «Tottenhem» (Angliya), «Inter» (Italiya), «Atletiko» (Ispaniya), «Roma» (Italiya), «Gvadalaxara» (Meksika) va «Real» (Ispaniya) klublari ishtirok etadi.

Qayd qilish joizki, «Barselona» va «PSJ» bu yilgi musobaqada ishtirok etish istagini bildirishmagan.

O‘yinlar Yevropa, Osiyo va AQSh maydonlarida o‘tkaziladi. Qur'a tashlash marosimi 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning amaldagi g‘olibi «Tottenhem» klubi hisoblanadi.

Mavzuga oid