«Mançester Yunayted» Xalqaro çempionlar kubogi uçraşuvida «Real»ni mağlub etdi. Mayamidagi (AQŞ) «Xard Rock» stadionida keçgan bahs mankunianliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Uçraşuvdagi barça gollar birinçi bölimda kiritildi. Joze Mourino şogirdlari bellaşuvning 27-daqiqasiga kelib 2:0 hisobida oldinga çiqib olişdi - Aleksis Sançes va Ander Errera gol urdi. «Qaymoqranglilar» qöşib berilgan uçinçi daqiqada oradagi farqni qisqartirişdi - Karim Benzema öz nomini tabloga yozdirib qöydi.
Mançester Yunayted Angliya – Real Madrid Ispaniya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 18 Sançes, 2:0 – 27 Errera, 2:1 – 45 Benzema.
Mançester Yunayted – De Xea, Bayi, Şou, Darmian, Mata (Garner, 82), Fred(Tuanzebe, 68), Pereyra, Maktomini (Mitçell, 79), Sançes, Errera, Fosu-Mensa.
Real Madrid – Kasilya (Lunin, 46), Valexo (Naço, 77), Teo (Regilon, 46), Odriosola (Serxio Lopes, 62), Xaver Sançes, Sebalos (de Tomas, 62), Valverde (Isko, 77), Vinisius Junior (Oskar Rodriges, 62), Lorente(Asensio, 77), Beyl (Edegor, 46; Kroos, 77), Benzema (Mayoral, 46).












