Jahon | 10:07 / 06.08.2018
18444
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng boy odamni didsizlikda ayblashdi

The Outline nashri muallifi New York Times’ning maqolasi haqida Twitter’da istehzo bilan izoh qoldirdi. Maqolada sayyoradagi eng boy odam Jyeff Bezos modani belgilovchi sifatida tilga olinadi. Uning hamkasblari buni rad etish uchun qator fotosuratlarni e'lon qilishdi, ular tarixdagi eng boy tadbirkor modadan ancha yiroq ekanini isbotlaydi.

«Men New York Times’ning modani belgilovchi Jyeff Bezos haqidagi maqolasini o‘qiyotgan paytim», - deya aniqlik kiritdi qiz. U «Aleksa» ovozli yordamchiga berilgan savolning skrinshotini ham qo‘shib qo‘ydi.

Jurnalistni Mashable’dagi hamkasblari qo‘llab-quvvatlashdi, ular nashr sahifalarida Bezos omma oldida ko‘rinish bergan yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan fotosuratlaridagi eng didsiz obrazlarni yodga olishgan. Xususan, Mashable muallifning eslatishicha, Bezos bir safar auditoriya oldida ovga mo‘ljallangan  kulrang shorti va treking poyabzalda chiqish qilgan. «Bu ajoyib poyabzallarni yashiring», - deya maslahat berdi jurnalist.

Bundan tashqari, u Bezosga «shubhali» kiyimdagi fotosuratlari haqida eslatgan, masalan, flisli koftani.

Foto: Instagram/jeffbezos

Yoki ta'mirlash ishlari uchun mos tushishi mumkin bo‘lgan futbolkani.

Foto: Instagram/jeffbezos

Muallifning xulosasiga ko‘ra, Bezos modani belgilovchi shaxs maqomidan ancha uzoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, New York Times xodimlarining o‘zi ham bunga shubha bilan qaraydi.

Mavzuga oid