Armani modani qulay va nafis uslubda taklif qilgani bilan ajralib turdi: u kiyinişda ortiqça jöşqinlik va behuda bezaklardan çetlaşib, “kamtarlikdagi nafislik” tamoyilini barpo etdi. Jorjo moda sanoatida öziga xos dunyoqaraş yaratib, milliardlab dollarlik moda imperiyasini bunyod etgani ortidan tarixda qoldi.
U 1934 yil 11 iyulda Italiyaning Pyaçensa şahrida tuğilgan. Armani yoşligida şifokor bölişni orzu qilgandi va bir muddat Milan universitetining tibbiyot fakultetida ham ta’lim olgan. Biroq 1950 yillarning örtalarida u Milan markazidagi maşhur “La Rinassente” dökonida deraza bezakçisi (window dresser) bölib işladi. Bu oddiy iş orqali Armani kiyim-keçak dunyosini yaqindan örgana boşladi va moda dizayni yöliga qadam qöydi. Tez orada u Nino Çerruti ustozligida dizayn sir-asrorini örgana boşladi.
1970 yillar boşidan Armani karerasi tez sur’atlar bilan ösib bordi. 1975 yilda u dösti Serjo Galeotti bilan birgalikda öz nomidagi tayyor kiyimlar brendini — Armani kompaniyasini — işga tuşirdi. Dastlab u erkaklar uçun liboslar çizgan bölsa-da, 1976 yilda ayollar kiyimlari ham kompaniya kolleksiyasiga qöşildi. Bir neça yil içida uning dizaynlari Parij va Nyu-York kabi moda markazlarida namoyiş etila boşladi. Bu brend tez orada xalqaro maydonda tan olinib, Armani öz uslubi bilan moda olamiga yangi yönaliş olib kirgan dizayner sifatida e’tirof etildi.

Armanining modadagi uslubi böyiça inqilobiy yangiliklardan biri uning yengsiz sport kurtkalari böldi. 1970 yillar oxirida u maxsus içki tikilmagan, juda nozik sport kurtkalarini yaratdi va bu yuqori martabali odamlar orasida katta e’tibor qozondi. Şuningdek, u oddiy futbolka bilan birgalikda kiyiniladigan sodda va qulay modelni ilgari surdi. Erkaklar uçun an’anaviy kostyumlarga esa yangi nafas kiritildi: juda yumşoq va yengilligi bilan ajralib turadigan kostyumlar yaratildi.

Ayollar uçun esa Armani “işbilarmonlik kostyumi” — keng yelkali bluzka va erkaklarnikiga öxşaş keng şim, yubkalarni ilgari surdi. Bu öziga xos uslub 1980 yillar korporativ madaniyati ramziga aylandi.
Moda olamidagi öziga xos mavqe topgan Armani kinofilm sanoatiga ham katta hissa qöşgan. 1980 yilda çiqqan “American Gigolo” filmidagi Riçar Gere kostyumlari Armani nomini butun dunyoga tanitdi. Bu film orqali Armani kiyimlari Hollywood yulduzlari, jumladan Riçar Gere va Jodi Foster kabi aktyorlar orasida maşhurlikka erişdi. 2000 yilda Nyu-Yorkdagi Guggenheim muzeyi Armanining moda ta’sirini qadrlab, uning yaratilgan dizaynlari retrospektiv körgazmasini taqdim etdi. Armani öz uslubi haqidagi fikrlaridan birida: “Men vaqt ötib eskirmaydigan narsalarni sevaman, eng yaxşi namunalariga mehrim bor”, deb ta’kidlagan edi.











