Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda eng katta suv osti tunneli qurilmoqda
Xitoy Xalq Respublikasi hududida dunyodagi eng uzun suv osti tunneli paydo bo‘ladi. O‘z ko‘lamiga ko‘ra misli ko‘rilmagan muhandislik inshooti XXRning materik qismini Tayvan bilan bog‘laydi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida ta'kidlanishicha, bunday ajoyib qurilish g‘oyasi bir necha o‘n yillardan beri muhokama qilinayotgan edi, biroq tunnel qurilishi uchun texnologik imkoniyatlar endigina paydo bo‘ldi.
Xitoylik olimlar inshootning yakuniy konsepsiyasiga yaqinlashib qolishdi. Uning suv osti qismi uzunligi 135 kilometrni tashkil qilishi aytilmoqda.
Taqqoslash uchun qachonlardir dunyo mo‘'jizasidek tuyulgan La-Mansh ostidagi tunnelning suv osti qismi uzunligi bor-yo‘g‘i 37 kilometrdan iborat.
Xitoy tunneli diametri 10 metrga teng bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, u 2030 yilda ochiladi. Tunnel ancha tezkor bo‘lishi qayd etilmoqda - temir yo‘l transporti unda soatiga 250 km tezlikda harakatlanadi. Shuni ta'kidlash joizki, poyezdlar bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda harakatlanadi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026