Jahon | 08:33 / 06.08.2018
8547
1 daqiqa o‘qiladi

Pompeo Maduroga suiqasd haqidagi savolga javob berdi

Foto: Lai Seng Sin/Reuters

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qilingan suiqasd haqidagi ma'lumot yo‘q. Pompeo bunday bayonotni Singapurdan Vashingtonga qaytayotganida, samolyot bortida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida qilgan.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, unda voqea haqida yangi tafsilotlar yo‘q, faqat matbuotda yoritilganlaridan xabardor.

«Aslida, biz siz ko‘rgan narsalardan tashqari nimalar sodir bo‘lganiga doir juda ham ko‘p tafsilotlarga ega emasmiz», - dedi Pompeo. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Internetda Maduroning nutqi paytida dron portlashi tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid