Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori boshqa ishga o‘tkazildi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazovich Otabekov tayinlandi.
Unga mazkur institut ilmiy darajasi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yuqumli kasalliklar sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabni qondirish vazifasi yuklatildi. Bundan tashqari, u yuqumli kasalliklar sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni keng qo‘llash, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta'minlash singari vazifalarga ham mas'ul etib belgilandi.
N.Otabekov ilgari respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
10:56 / 28.09.2025
Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda - Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida
11:29 / 27.09.2025
«694 nafar bola shifoxonada qolmoqda, ularning 421 nafariga bugun javob beriladi» – Nurmat Otabekov
15:00 / 10.06.2025
O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz – SSV
11:25 / 30.05.2025