Toşkent viloyatining qator maktabgaça ta’lim muassasalarida bolalar zaharlanişi bilan boğliq holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov axborot berdi.

Qator boğçalarda bolalar orasida oşqozon-içak faoliyatining buzilişi bilan boğliq holatlar kuzatildi. Ularning soğligi murojaatlar kelib tuşgan ilk soatlardanoq Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Jami 1922 nafar, şu jumladan, bemor bolalar bilan muloqotda bölgan bolalar ham tibbiy körik bilan qamrab olindi.

Ulardan 959 nafarida heç qanday klinik belgilar bölmagani uçun darhol uylariga javob berildi. Mana şu ötgan davr mobaynida yana 269 nafar bolaga davolanişdan söng uylariga javob berildi.

Hozirgi kunda Toşkent viloyatidagi şifoxonalarda 694 nafar bola davolanmoqda. Mutaxassislarning fikriça, ulardan 13 nafarining ahvoli örtaça oğirlikda deb baholanmoqda. Bugun, 2023 yilning 27 sentabr kuni yana 421 nafar bolaga ahvoli yaxşilangani sababli uyga javob beriş rejalaştirilgan.

Bemor bolalarga malakali, yuqori darajadagi maslahat, tibbiy yordamlarni körsatiş maqsadida Toşkent şahridagi 17 ta ixtisoslaştirilgan muassasadan, tibbiyot markazlaridan 100 dan ortiq olim, mutaxassis, professor jalb etilgan. Ularning sa’y-harakatlari bilan davolaş jarayonlari zamonaviy standartlarga muvofiq ravişda amalga oşirilmoqda.

Vazirlikda taşkil etilgan ştab xulosasiga köra, bemor bolalarga ötkir gastroenterit taşxisi qöyildi. Bu kasallik oğir yoki hayot uçun xavfli toifaga kirmaydi va asoratsiz ötib ketadi.

Hozirda Toşkent viloyatining yettita şifoxonasida bolalarni davolaş işlari amalga oşirilmoqda. Dinamikada ijobiy natijalar kuzatilmoqda va bolalar tez soğaymoqda. Yaqin kunlarda barça bolalar soğayib, uylariga qaytadi.

Vazirlik qoşida taşkil etilgan maxsus ştab har uç soatda videokonferensaloqa tizimi orqali Toşkent viloyatining şahar va tumanlarida amalga oşirilayotgan davolaş-profilaktika tadbirlarini muhokama qilib bormoqda. Lozim bölgan joylarda maslahat va körsatmalar berib turilibdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan joylarda epidemiologik suriştiruv işlari amalga oşirilmoqda. Olingan namunalarning laboratoriya tekşiruvlari davom etmoqda. Natijasi haqida qöşimça axborot beriladi.

Hozirgi paytda şifoxonalarda dori vositalarining yetarli miqdordagi zaxirasi yaratilgan. Tabiiyki, mazkur holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan huquqiy baho ham beriladi. Eng asosiysi, barça bolalarning soğligi davlat nazoratida va vaziyat barqarorlaşmoqda, deyiladi axborotda.