Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxeolog Qozog‘istonda yana bir "oltin odam"ni topdi
Qozog‘istonlik arxeolog Zaynulla Samashev Sharqiy Qozog‘iston viloyatida "oltin odam"ni topdi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Antropologlar eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda yashagan 17-18 yoshli o‘smir topilgan deb hisoblashmoqda.
Qazishma ishlari Tarbagatay tog‘larida ikki yil ilgari boshlangandi. Avvalroq bu yerdan otlar uchun oltindan ishlangan jihozlar va taqinchoqlar topilgandi. Arxeologlar topilmalar saklar davriga oid deb hisoblashmoqda.
Iyun oyida Aktobeda qum qazib olinayotgan vaqtda ishchilar inson bosh chanog‘i va ko‘plab tilla taqinchoqlarni topib olishdi. Dastlabki taxminga ko‘ra, bu yerga xunnlar jangchisi dafn etilgan bo‘lgan.
Dastlabki va eng mashhur "oltin odam" 1969-1970 yillarda Olmaota yaqinidagi Issiq daryosi sohilidan topilgandi. Bu oltin libosdagi sak jangchisining qoldig‘i bo‘lgan. U keyinroq Qozog‘iston milliy ramzlaridan biriga aylangan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025