Toshkent viloyatida qalbaki pul tayyorlagan shaxslar ushlandi
2018 yilning iyul oyida Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tuman sudi, Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi O‘rtachirchiq tumani va Nurafshon shahar bo‘limi binosida bir qancha tashkilot rahbarlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining sudyasi D.Komilov, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tuman sudining raisi X.Xotamov, majburiy ijro byurosi O‘rtachirchiq tuman bo‘lim boshlig‘i Sh.Kuchkarov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tuman sudining raisi T.Annayeva, Nurafshon shahar prokurori yordamchisi F.Azimov va mahalla faollari qatnashishdi.
Kun tartibiga sud-huquq sohasidagi islohotlar, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon mazmun mohiyatini yetkazish;
2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi;
Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy asoslari kabi masallar qo‘yildi.
Tadbir rejasiga asosan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Sudlanuvchilar T.Madaminov, M.Tojiboyev va T.Sharipovlarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, sudlanuvchilar o‘zaro til biriktirgan holda qalbaki kupyuradagi pullarni chop etib kelishgan. 2018 yil 20 mart kuni soat 4:20 larda T.Sharipov 98 dona 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 4.900.000 so‘m miqdordagi pullarni o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi mol bozoriga olib ketayotganida huquq tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud tegishli dalillarga asoslanib, sudlanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 176-moddasida(qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) ko‘rsatilgan jazolarni qo‘llagan holatda, hukm o‘qidi.
Mavzuga oid
17:48
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024