Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zsanoatqurilishbank” transformatsiya qilinadi
“O‘zsanoatqurilishbank” va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida bankni eng ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida ish yuritadigan, moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh muassasaga tansformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur kelishuvga asosan “O‘zsanoatqurilishbank”da xizmat ko‘rsatishning bozor mexanizmlari yanada keng joriy etiladi, zamonaviy bank innovatsion xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini ko‘paytirish orqali aholi va tadbirkorlar uchun bank xizmatlarining ommabopligi oshiriladi, ayniqsa yurtimiz chekka hududlarida bank xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank”da Markaziy Osiyodagi birinchi bo‘lib ishlab chiqarish obektlarining atrof-muhitga zararli ta'sirini kamaytirish va energo-tejamkorligini oshirishga qaratilgan “Green banking” tizimi asosida moliyalashtirish mexanizmlari va xizmat turlari joriy etiladi.
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021