O‘zbekiston | 12:16 / 08.08.2018
10400
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik rejasini imzoladi 

7 avgust kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Ularga Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy hamrohlik qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuv davomida hozirgi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi, harbiy-texnika yo‘nalishidagi aloqalarni mustahkamlash borasida fikrlar almashildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vaziri ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yuqori baholadi va joriy yilning mart oyida O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning naqadar muhim ekanligini ta'kidladi.

«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga uyushtirgan tashrifi tarix zarvaraqlariga muhrlandi va ushbu voqea ikki mamalakat o‘rtasidagi hamkorlikning davomiy rivojlanishiga ijobiy turtki bo‘ldi», — dedi A.Azizov.

Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘z nutqida mamlakatlar o‘rtasida mudofaa sohasi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o‘tdi.

Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. U O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mintaqadagi eng kuchli va zamonaviy qurol-aslahalarga, O‘zbekiston armiyasining harbiy xizmatchilari jangovar o‘quv mashg‘ulotlari borasida yaxshi bazaga ega ekanligini ta'kidladi.

Bundan tashqari uchrashuvda shu yilning o‘zidayoq ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga va davlatlararo maqsadli rejalarni amalga oshirishga erishilgani aytib o‘tildi.

Suhbat davomida Tojikiston mudofaa vaziri o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarini murakkab sharoitda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish va armiya jamoalari o‘rtasida sport hamda madaniy tadbirlarni o‘tkazishga taklif bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat mudofaa idoralari rahbarlari o‘zaro 2018 yilgi harbiy hamkorlik rejasini imzoladi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid