Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tashabbus: Navoiy viloyatining eng faol sektor rahbarlari aniqlandi - foto
Navoiy viloyati hokimligining katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkil etilgan sektorlar faoliyatining 1 yilligi munosabati bilan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Q.Tursunov sektorlarga yuklatilgan asosiy vazifalar, ularni tashkil etishda qo‘yilgan talablar, sektorlarning funksiyalari va vakolatlari hamda o‘tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida so‘zladi. Yutuq va kamchiliklar atroflicha muhokama va tahlil qilindi.


Shuningdek, tadbirda viloyatdagi eng faol sektor rahbarlari: Uchquduq tumani hokimi, 1-sektor rahbari — S.Hamroyev, Konimex tumani prokurori, 2-sektor rahbari — F.Tojiyev, Qiziltepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari — Yu.Eshmurodov hamda Karmana tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari L.Xayrullayevga viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
12:24 / 21.02.2026
DXX va IIB tezkor tadbiri: 5,6 mm kalibrli patronlar aniqlandi
10:04 / 17.02.2026
Navoiyda 2026 yilda 16 ta mahallada shahar muhiti yaratiladi
16:57 / 28.01.2026
Navoiyda oltin qazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi
14:16 / 24.01.2026