Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda “Maqom muzeyi” tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbek milliy maqom san'ati markazi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi”ni Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyining filiali sifatida tashkil etish;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar madaniyat bo‘limi huzuridagi Madaniyat va aholi dam olish markazi binosining 1278,0 kv.m maydonga teng hududini muzeyni joylashtirish uchun Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar muzey faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
maqom san'atiga oid muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, aniqlash, to‘plash, o‘rganish va ularni e'lon qilish, shuningdek, madaniy, ma'rifiy, ilmiy va ta'lim faoliyatini amalga oshirish;
maqom san'ati va tarixiga oid xalqimizning boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijobiy ishlar va erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;
maqom san'atining rivojlanish bosqichlari, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analar, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini avaylab-asrash, o‘rganish, boyitib borish, mamlakat fuqarolariga namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish;
muzey ekspozitsiyalari orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, Vatanga sadoqat, muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash va kuchaytirish;
o‘zbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e'lon qilib borish;
sayohatchilarni maqom san'ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
muzey ekspozitsiyasini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, noananaviy ekspozitsiyalar yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
mumtoz musiqa merosimiz namunalari notalarini yig‘ish, maqom san'atining tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026