Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Urgut” EIZ hududi yanada kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 10 apreldagi 196-son qarorining 1-ilovasi I bo‘limi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirildi:
“5. Samarqand shahar “Xishrav-2” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan - “Darg‘om” kanali hududi;
sharqiy tomondan - Samarqand viloyati Yongin xavfsizligi bosh boshqarmasining malaka oshirish markazi hududi;
janubiy tomondan - davlat zaxira yerining jarlikkacha bo‘lgan hududi;
g‘arbiy tomondan - Mudofaa vazirligining harbiy bazasiga tutash hududi”.
Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qarorning 1-bandidan kelib chiqib, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududining chegaralarini qayta belgilaydi va tegishli yer uchastkalari ajratilishini ta'minlaydi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.O. Turdimov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:12 / 10.03.2026