Apple pasport o‘rniga iPhone’dan foydalanishni taklif qildi
Apple kompaniyasi iPhone’dan shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida foydalanish imkoniyatini beruvchi himoyalangan ma'lumotlar uzatish texnologiyasini ishlab chiqdi. AQSh patent va tovar belgilari agentligi bu boradagi arizani qabul qildi, deb xabar berdi Apple Insider portali.
Ma'lumotlar RFID yoki NFC texnologiyalari asosida uzatiladi. Qiyofani tanish va barmoq izlari skanerining maxsus protokoli va sensorlar ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlaydi. Mazkur texnologiyalar foydalanuvchi haqidagi ma'lumotlarni radiosignal orqali yozib olish va aniqlash imkonini beradi.
Apple kompaniyasidagilar bu yangilikka xususiy kompaniyalar va davlat tuzilmalarida talab katta bo‘ladi deb hisoblashmoqda. Undan ruxsatnoma tizimi, pasport yoki bojxona nazoratida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024