Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xavfsiz poytaxt»: 45 nafar haydovchi avtomobilni mast holda boshqargan
Kechki va tungi vaqtlarda poytaxt yo‘llarida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgan haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Jumladan, o‘tgan 5 kunning aynan tungi vaqtlarida 45 nafar haydovchi avtomobilni mast holda boshqargani ma'lum bo‘ldi. Ulardan 25 nafari esa transport vositasini belgilangan tezlik me'yoridan oshirib boshqargani uchun to‘xtatilgan edi.
4-9 avgust kunlarining tungi vaqtlarida jami bo‘lib, 2 209 qoidabuzarlar aniqlangan. Ulardan:
• 1 867 haydovchi tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan;
• 24 nafari svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamagan;
• 108 kishi yo‘l belgilarini inkor etgan.
“Hurmatli haydovchi! Yo‘llarda harakat qoidalariga rioya qiling. Mastlik va tezlik sizni siz kutmagan manzilga olib borishini unutmang! O‘zingiz va yaqinlaringizga rahm qiling! Ehtiyot bo‘ling!” - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026