Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar AQShga zarba bo‘lib tushishi mumkinligi aytildi
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar AQSh iqtisodiyotiga zarba bo‘lib tushishi mumkin. Bu haqda The Hill yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llangan taqdirda, «Saylovlarsiz cheklovlar orqali tahdidlardan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga muvofiq, AQSh kompaniyalari Rossiya bozoridan chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, Amerika biznesi qo‘shma korxonalarni yo‘q qilishga majbur bo‘ladi, bu jiddiy moliyaviy zararlar keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, Rossiya kompaniyalari butun dunyodagi loyihalarda ulush sotib olib, AQSh kompaniyalarini «chiqarib yuborishi» mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik milliarderga sanksiya qo‘llamoqchi ekani, u O‘zbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oshirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024