Erdo‘g‘an AQSh haqida: «Endi xafa bo‘lishmasin»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Anqara 2016 yilda turk rasmiylari tomonidan qo‘lga olingan amerikalik pastor Endryu Bransonning ishi fonida AQSh tomonidan kelayotgan tahdidlarga qarshi kurashadi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
"Biz huquqqa asoslanib harakat qilamiz, biroq tahdidlarga keladigan bo‘lsa, endi xafa bo‘lishmasin. Biz yiqilgan joydan turamiz, mening xalqim oyoqda turibdi... AQShga murojaat qilaman - NATO bo‘yicha strategik sherikni qandaydir pastorga almashtirayotganingiz afsuslanarli", - dedi Erdo‘g‘an Uniya shahridagi mitingda chiqish qilib.
Turkiya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, "Turkiyaga tahdid qilinmoqda, biroq bizning millatimizdan tahdidlar yo‘li bilan nimagadir erishish imkonsiz".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an AQShni ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024