Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning New York Times uçun maqolasida ogohlantirişiça, AQŞ siyosati Vaşington yangi ittifoqçilar izlaşga majbur bölişi bilan boğliq holatga olib kelişi mumkin.

«Sönggi yillarda bizning şerikligimiz turli qarama-qarşiliklarga duç kelmoqda... Agar Amerika Qöşma Ştatlari Turkiyaning suverenitetini hurmat qilmasa va mamlakatimizga tahdid solayotgan xavf-xatarni tuşunib yetmasa, unda şerikçilik ham tahdid ostida qoladi», - deyiladi maqolada.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya AQŞ sanksiyalariga e'tibor bermasligi va Erondan gaz sotib olişda davom etişi haqida xabar berilgandi.

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Denmezning ma'lum qilişiça, Turkiya AQŞning sanksiyalariga qaramay, Eron gazini sotib olişni davom ettiradi.