Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Anqara 2016 yilda turk rasmiylari tomonidan qölga olingan amerikalik pastor Endryu Bransonning işi fonida AQŞ tomonidan kelayotgan tahdidlarga qarşi kuraşadi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
"Biz huquqqa asoslanib harakat qilamiz, biroq tahdidlarga keladigan bölsa, endi xafa bölişmasin. Biz yiqilgan joydan turamiz, mening xalqim oyoqda turibdi... AQŞga murojaat qilaman - NATO böyiça strategik şerikni qandaydir pastorga almaştirayotganingiz afsuslanarli", - dedi Erdöğan Uniya şahridagi mitingda çiqiş qilib.
Turkiya yetakçisining qöşimça qilişiça, "Turkiyaga tahdid qilinmoqda, biroq bizning millatimizdan tahdidlar yöli bilan nimagadir erişiş imkonsiz".
Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan AQŞni ogohlantirgandi.












