Jamiyat | 13:58 / 11.08.2018
41957
1 daqiqa o‘qiladi

Mazali Olot somsasi. Uning mashhurlik siri nimada? - video

Buxoro viloyatining Olot tumani. Bu yerda tayyorlanadigan somsa dovrug‘ qozongan va xalq orasida juda mashhur.

Kun.uz tahririyati vakillari xizmat safari bilan Buxoroda bo‘lishganida mashhur Olot somsasining tayyorlanish jarayoni bilan tanishishdi.

Olot somsa azaldan mol go‘shtidan tayyorlanadi. Ayniqsa jazirama issiqda odamlarning aksariyati qo‘y go‘shti iste'mol qilishmaydi. Uning masalliqlari ichidan pomidor ham o‘rin olgan.

Farqli jihatlaridan yana biri — u tandirda emas, duxovkada pishiriladi. Shu sababli xo‘randalar somsani uzoq kutib qolishmaydi. Narxi ham hamyonbop. Somsalar paydar-pay stolga tortilmoqda.

Saratonning jaziramasiga qaramasdan qaynoq somsaga mijoz ko‘p. Bu somsaxonada bir kunda 3 mingta somsa yopilar ekan.

Yo‘lingiz tushib, Buxoroga borsangiz, Olot somsasidan albatta tatib ko‘ring.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid