«Andijon döppisi» va «Söqoq somsasi» geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Qayd qilinişiça, «Andijon döppisi» boş kiyimi özining yuqori sifatli matolari, nozik naqşlari, öziga xos şakli, şuningdek, ramziy va estetik mazmuni bilan ajralib turadi. U viloyatning hunarmandçilik an’analari, kaştaçilik maktabi va madaniy ramzlariga asoslangan bölib, xalq orasida öziga xos hurmat va mavqega ega.
Geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilişi Andijon döppisining kelib çiqiş manbasini belgilaydi hamda uning sifati va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan himoya qiladi.
Şuningdek, Toşkent viloyati, Parkent tumanidagi Söqoq qişloğiga xos bölgan milliy taom — «Söqoq somsasi» ham geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi. U öziga xos tabiiy masalliqlari, xususan, faqat Söqoq toğlarida ösadigan xalq orasida «mador» nomi bilan tanilgan ösimlik yoki ismaloqdan tayyorlanişi, şuningdek, betakror ta’mi va xamirining öziga xos usulda tayyorlanişi bilan ajralib turadi.
Geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilişi «Söqoq somsasi»ning aynan Söqoq hududiga mansubligini belgilab, uning sifati, tarixiy ildizlari va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.
Uşbu röyxatga oliş jarayoni Toşkent viloyati adliya boşqarmasining kömagida amalga oşirildi.
Ma’lumot uçun: geografik körsatkiç — bu mahsulotning ma’lum hududga xosligi va aynan şu hudud tabiiy, insoniy, tarixiy omillari bilan boğliq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvçi intellektual mulk obekti hisoblanadi.
Avvalroq Samarqand noni va Tuxumbarak taomi ham geografik körsatkiç sifatida röyxatga olingan edi.












