Jahon | 07:45 / 11.08.2018
7494
1 daqiqa o‘qiladi

Solsberidagi harbiy zavodda portlash sodir bo‘ldi

Foto: Google

Britaniyaning Solsberi shahri yaqinida joylashgan harbiy texnika zavodida yuz bergan portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Independent yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, korxona Britaniyaning Solsberi shahriga yaqin yerda joylashgan. Ushbu shaharda avvalroq «Novichok» asab-falajlovchi modda bilan zaharlash bo‘yicha ikkita hodisa yuz bergandi. Zavod Buyuk Britaniyaning Porton-Doun kimyoviy laboratoriyasidan besh kilometr uzoqlikda joylashgan.

Shuningdek, gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, yana bir ishchi jiddiy jarohat olgan, uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Portlashdan so‘ng, zavodda yong‘in boshlangan, oltita o‘t o‘chiruvchilar brigadasi uni o‘chirish bilan band bo‘lishgan.

Hozirgi paytda hodisaga aynan nima sabab bo‘lgani noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Skripallar ishi bo‘yicha tergovchini taqdirlagandi

Mavzuga oid