11 avgustdagi test sinovlari natijalari e'lon qilindi
Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘n birinchi kuni 11 avgust natijalari e'lon qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook sahifasiga ko‘ra, natijalar quyidagicha:
Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 164,0 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili» ta'lim yo‘nalishi;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 135,6 ball, Farg‘ona davlat universitetining «Ijtimoiy ish» ta'lim yo‘nalishi.
O‘rtacha o‘tish bali:
- davlat granti – 109,4 ball;
- to‘lov-kontrakt – 80,3 ball.
Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 36 ta binoda 18 ta oliy ta'lim muassasalarining 76 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
Test sinovlarida 24 247 nafar abituriyent ishtirok etdi, 718 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 40 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 1459 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
15:03 / 14.08.2024
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e’lon qilindi
14:00 / 09.08.2024