Sport | 22:40 / 12.08.2018
7026
1 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Navbahor» o‘z maydonida «Buxoro»ni yengdi

Superligada 21-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Navbahor» o‘z maydonida «Buxoro» bilan bellashib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Jahongir Mehmonov va Darko Nikach hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Navbahor» 37 ochko bilan 3-o‘rinda, «Buxoro» esa 32 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 21-tur
12 avgust, Namangan
«Navbahor» - «Buxoro» - 2:0
Gollar:
 Jahongir Mehmonov (28), Darko Nikach (41)

Mavzuga oid